You are currently viewing TDTU Termiz filialida talaba-yoshlar masalalari bo‘yicha kengaytirilgan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

TDTU Termiz filialida talaba-yoshlar masalalari bo‘yicha kengaytirilgan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Ishchi gurux

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F. Otamuradov boshchiligida kengaytirilgan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ta’lim sifati, talabalar xavfsizligi, ularning ijtimoiy sharoiti va bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish doirasida filial direktori ta’lim jarayonining izchil va samarali tashkil etilishi, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning mas’uliyatini kuchaytirish, talabalarga yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

Shuningdek, talabalarning bilim olishi, sog‘lig‘i, xavfsizligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi — filialning ustuvor yo‘nalishi ekanligi, bu borada har bir mas’ul shaxs o‘z vazifasini puxta va mas’uliyat bilan bajarishi shartligini alohida ta’kidladi.

Shu munosabat bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi:

ta’lim jarayonida shaffoflik va samaradorlikni ta’minlash;
talabalarning ichki tartib qoidalariga rioya etilishini kuchaytirish;
ijara xonadonida istiqomat qilayotgan talabalar uchun xavfsiz va sog‘lom muhit yaratish;
talabalarning bo‘sh vaqtlarini madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari orqali mazmunli tashkil etish;
muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish va tezkor hal etishni yo‘lga qo‘yish.

Yig‘ilish yakunida filial direktori mas’ul xodimlarga belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olishni va har bir talabaga alohida e’tibor bilan yondashishni tavsiya qildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida talabalar manfaatlari va ular uchun qulay ta’lim muhitini yaratish yo‘lida izchil ishlar olib borilmoqda.