Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Termiziy ilmiy-tadqiqot markazining xodimi imom Uljayev Umarali, filialning professor-o‘qituvchilari, shuningdek, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Oʻzbekistonda millatlararo totuvlikni taʼminlash, turli konfessiyalar vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, milliy ma’naviyatimizda bag‘rikenglikning tutgan o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv ishtirokchilar uchun ma’naviy bilimni oshirish, tarixiy va milliy qadriyatlarga daxldorlik hissini kuchaytirishga xizmat qildi.