You are currently viewing Ma’rifat darsi

Ma’rifat darsi

Marifat darsi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida talaba-yoshlar uchun “Kelajak soatlari” rukni doirasidagi navbatdagi ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur mashg‘ulotni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F. Otamuradov olib bordi.

Dars davomida direktor tomonidan O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, xalqaro maydonda erishilayotgan yutuqlar, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosat tamoyillari, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga, ta’lim tizimidagi yangilanishlar, ilmiy-innovatsion imkoniyatlarning kengayib borayotgani va yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, filialda yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar, to‘garaklarning faoliyati ва ulardan oqilona foydalanish masalalari yuzasidan ham atroflicha fikrlar bildirildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Kelajak soatlari” rukni doirasidagi ma’rifat darslari davom etmoqda.