Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli «Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda TDTUTF Davolash fakulteti dekan oʻrinbosari Sh.Usanov, TDTUTF xotin qizlar raisi N.Himmatova hamda TDTUTF profilaktika inspektori M.Qamariddinovlar ishtirok etishdi.
Muloqot davomida giyohvandlik vositalarining inson salomatligiga, jamiyat va mamlakat kelajagiga salbiy taʼsiri, uning ogʻir oqibatlari, shuningdek, narkojinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va majburiyatlar xususida atroflicha tushunchalar berildi. Talabalarga Prezident Farmonining mazmun-mohiyati yetkazilib, bu boradagi dolzarb vazifalar muhokama etildi.
Tadbir so`ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berilib giyohvandlikka qarshi flayerlar tarqatildi.