You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida tungi nazorat-profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida tungi nazorat-profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Profilaktika

Navbatdagi tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F. Otamuradov, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Sh. Shukurov hamda masʼullar ishtirok etdi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan is gazi bilan bogʻliq xavfsizlik qoidalari, gaz va havo aralashmasining chaqnashi xavfi, ulardan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish choralariga doir batafsil tushuntirishlar berildi.

Xodimlar va talabalar uchun amaliy ko‘rsatmalar o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligi bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar yetkazildi.

Shuningdek, filial binolaridagi isitish tizimlari, elektr jihozlari, yong‘inga qarshi vositalar holati kechki va tungi vaqtda sinchiklab ko‘zdan kechirildi.