You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida — “Yashil makon” doirasida keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida — “Yashil makon” doirasida keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda!

TDTU Termiz filiali hududida ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, talabalar uchun yanada qulay va totuv ta’lim muhitini yaratish maqsadida “Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida tizimli va izchil ishlar olib borilmoqda.

Yangi ko‘chatlar ekildi

Filial hududi bo‘ylab manzarali daraxt va butalarning yangi turlari ekilib, yashil hududlar maydoni sezilarli kengaytirildi.

Har bir ekilgan ko‘chatga talabalar va xodimlar tomonidan doimiy parvarish belgilangan.