Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali korrupsiyaga qarshi kurash, halollik tamoyillarini targ‘ib qilish va talabalarda adolatga sodiqlik ruhini shakllantirish maqsadida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Tadbir doirasida talabalar tomonidan chizilgan ijodiy ishlar — korrupsiyaning salbiy oqibatlari, halol mehnatning qadri, shaffof ta’lim tizimini ifodalovchi g‘oyalar bilan boyitilgan bo‘ldi. Har bir ishtirokchi korrupsiyaga qarshi kurashga bo‘lgan shaxsiy pozitsiyasini san’at orqali ifodalab berdi.