You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari xalqaro olimpiada ishtirokchilari

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari xalqaro olimpiada ishtirokchilari

olimpiada

Ayni daqiqalarda, Samarqand sharidagi konsert zalida «Samarkand 2020» tibbiyot oliygohlari talabalarining VI-Xalqaro olimpiadasi bo’lib o’tmoqda.

Yuqori saviyada tashkil etilgan olimpiadada yurtimiz hamda Germaniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Janubiy Koreya, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belorussiya kabi  jahonning o’ttizdan o’rtiq davlatlarining oltmishdan ziyod tibbiyot oliygohlaridan 500 dan ortiq talabalar, shuningdek, xorijiy tibbiyot muassasalari rektorlari hamda ko’plab professor-oʻqituvchilar ishtirok etmoqda.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti mezbonlik qilayotgan “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining VI Xalqaro olimpiadasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari ham ishtirok etishmoqda.

Olimpiada 5-6-dekabr kunlari davom etadi.