You are currently viewing Stop korrupsiya

Stop korrupsiya

Korrupsiya

O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashishi milliy kengashi majlisining 28-son bayonnomasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan bandlarni bajarish maksadida,Termiz shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi» doirasida “Korrupsiyasiz kelajak sari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi filial profilaktika inspektori katta leytenant M.Qamariddinov hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Qurbonovlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uni oldini olish choralari hamda yosh avlodga halollik va odob-axloq madaniyatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.