You are currently viewing Giyohvandlikka yo’q deymiz

Giyohvandlikka yo’q deymiz

Giyohvandlikka yuq diymiz

Xavfsiz va sogʻlom yurt tadbiri doirasisa Huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda…

Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan himoya qilish — bugunning eng dolzarb vazifasi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida «Giyohvandlikka yo`q deymiz» shiori ostida keng ko‘lamli profilaktik targ`ibot tadbirlari o`tkazildi.

Ushbu chora-tadbirlarning asosiy maqsadi:
• Yoshlarni giyohvandlikning zararli oqibatlaridan ogohlantirish
• Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish
• Milliy genofondni asrab-avaylash
• Narkojinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish

Muloqot davomida giyohvandlik vositalarining inson salomatligiga, jamiyat va mamlakat kelajagiga salbiy taʼsiri, uning ogʻir oqibatlari, shuningdek, narkojinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va majburiyatlar xususida atroflicha tushunchalar berildi. Talabalarga Prezident Farmonining mazmun-mohiyati yetkazilib, bu boradagi dolzarb vazifalar muhokama etildi.

Tadbir so’ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berilib giyohvandlikka qarshi flayerlar tarqatildi.