You are currently viewing Giyohvandlikka qarshi — birgalikda!

Giyohvandlikka qarshi — birgalikda!

Giyohvandlik

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Faol talabalar ishtirokida tashkil etilgan “Yosh targ‘ibotchilar guruhlari” orqali giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Asosiy maqsad — yoshlar ongida sog‘lom hayot tarzini mustahkamlash va zararli odatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish.