Joriy yilning 18-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali psixologi G.G‘oziyeva tomonidan oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Tazyiq va zo‘ravonlik — bola huquqlarining poymol bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik” mavzusida davra suhbati hamda yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida mavzu yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Yoshlar tomonidan turli fikr va mulohazalar bildirildi, zo‘ravonlik holatlariga duch kelganda qaysi tashkilot va mutaxassislarga murojaat qilish lozimligi haqida tushunchalar berildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar bilan psixologik mashg‘ulotlar olib borildi.