Magistraturada sifat va salohiyat bahosi: yarim yillik attestatsiya yakunlari
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktorining 2025-yil 11-dekabrdagi 02412-sonli buyrug‘i asosida 2025/2026-o‘quv yili 2-bosqich magistratura talabalarining yarim yillik attestatsiyasi o‘tkazildi.
Attestatsiya davomida magistrantlarning:
nazariy va amaliy bilimlari
ilmiy-tadqiqot faoliyati
individual rejalarining bajarilishi
akademik intizomi
attestatsiya komissiyasi tomonidan xolisona va har tomonlama baholandi.
Ushbu jarayon magistrantlarning bilim salohiyatini yanada oshirish, ilmiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Barcha magistrantlarga yangi yutuqlar, ilmiy izlanishlarda omad va yuksak natijalar tilaymiz!