Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda, bo‘lajak umumiy amaliyot shifokorlarini zamon talablariga mos ravishda tayyorlash, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini izchil rivojlantirish hamda davolash-profilaktika muassasalarida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida qishki malakaviy amaliyot tashkil etildi.
Filial direktorining 2025-yil 18-dekabrdagi 02422-sonli buyrug‘i asosida 2025-yil 22-dekabrdan 2025/2026-o‘quv yili talabalari uchun qishki malakaviy amaliyot rasman boshlandi.
Mazkur amaliyot jarayonida talabalar tibbiyot muassasalarida bevosita ishtirok etib, o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.