You are currently viewing “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvi

“Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan erkak xodimlar va talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etiladi.

Sana: 14-yanvar
Vaqt: 15:30
Manzil: Eski ARM binosi

Mazkur tadbir ishtirokchilarning bilim saviyasi, mantiqiy fikrlash hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga qaratilgan.

Barcha qiziquvchilarni faol ishtirok etishga taklif etamiz.