You are currently viewing Talabalar uchun qishki amaliyot: tajriba va mahorat

Talabalar uchun qishki amaliyot: tajriba va mahorat

amaliyot

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari uchun qishki amaliyot kasbiy tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi. Ushbu amaliyot davomida talabalar nazariy bilimlarini real klinik sharoitda mustahkamlab, tibbiyot xodimlarining kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishadilar.

Qishki amaliyot jarayonida talabalar shifoxona va poliklinikalarda bemorlarni qabul qilish, tibbiy hujjatlarni yuritish, diagnostika va davolash jarayonlarida ishtirok etish kabi ko‘nikmalarni egallamoqdalar.

Tajribali shifokorlar rahbarligida olib borilayotgan mashg‘ulotlar talabalarda mas’uliyat, mustaqil fikrlash va kasbiy etika tushunchalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Amaliyot nafaqat bilim va ko‘nikmalarni oshiradi, balki talabalarning kelajakdagi mutaxassislik yo‘nalishini aniqlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, filial talabalari qishki malakaviy amaliyotni yuqori mas’uliyat va qiziqish bilan o‘tamoqdalar.