You are currently viewing “Direktor kubogi” — shaxmat musobaqasi g‘oliblari

“Direktor kubogi” — shaxmat musobaqasi g‘oliblari

taqdirlash

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan ayni kunlarda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida “Direktor kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur musobaqalar doirasida sportning shaxmat turi bo‘yicha sovrindor bo‘lgan xodimlarimiz quyidagilar:

Erkaklar o‘rtasida:
1-o‘rin — Bozorov Umid
2-o‘rin — Ochilov Kiromiddin
3-o‘rin — Bo‘riyev Odil

Ayollar o‘rtasida:
1-o‘rin — Abdupattayeva Munavvar
2-o‘rin — Xudoyshukurova Aziza
3-o‘rin — Aknazarova Saodat

Musobaqalar ko‘tarinki kayfiyat, sog‘lom raqobat va faol ishtirok muhitida o‘tdi. Ushbu sport tadbirlari filial jamoasida hamjihatlikni mustahkamlash, ijobiy muhitni shakllantirish hamda xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.