You are currently viewing Amaliyot — bilimlar mustahkamlanadigan muhim bosqich!

Amaliyot — bilimlar mustahkamlanadigan muhim bosqich!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari klinik bazalarda o‘tayotgan darslar davomida nazariy bilimlarini amaliyot bilan boyitmoqdalar.

Tajribali mutaxassislar rahbarligida o‘tayotgan mashg‘ulotlar talabalarga bemorlar bilan muloqot qilish, to‘g‘ri tashxis qo‘yish va samarali davolash usullarini o‘zlashtirish imkonini bermoqda.