Mamlakatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan Termiz tumani Orol mahallasiga qarashli Xalqobod oilaviy shifokorlik punktida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklarning erta aniqlanishini ta’minlash maqsadida bachadon bo‘yni saratoni skriningi bo‘yicha diagnostik testlar ham o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan xotin-qizlarga kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tibbiy ko‘rik davomida 200 nafardan ortiq aholi chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kasalliklar yuzasidan zarur tibbiy maslahatlar va davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.