You are currently viewing Start-up g‘oliblari taqdirlandi

Start-up g‘oliblari taqdirlandi

startap

Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda start-up tanlovi natijalari e’lon qilindi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov g‘oliblarni tabrikladi.

Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali 4-bosqich talabasi Qushoqova Gulhayo ham taqdirlandi.

Tadbirda Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumanidan kelgan yoshlar bilan muloqot qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandlik, ta’lim va kasb-hunar masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Qumqo‘rg‘onda xotin-qizlarni kasbga o‘qitish markazi faoliyati taqdim etildi. Yakunda onlayn muloqot o‘tkazilib, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va “Ko‘mak” loyihasi doirasida yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.