You are currently viewing Navro‘zni ulug‘lash insonni ulug‘lashdir.

Navro‘zni ulug‘lash insonni ulug‘lashdir.

navruz

Bugungi Navro‘z ayyomi doirasida o‘tkazilayotgan bayram sayllari yurtimizda milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarimizni yana bir bor ulug‘lashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, bu jarayonda yoshlarning faol ishtiroki bayramga alohida fayz bag‘ishlamoqda.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori Furqat Otamuradov boshchiligida filial jamoasi ushbu ko‘tarinki ruhdagi Navro‘z saylida faol qatnashib, milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan chiqishlar, an’anaviy liboslar va madaniy dasturlar bilan ishtirok etishdi.
Jamoaning bunday bayramlarda faolligi – ularning Vatanga sadoqati, milliy merosga hurmati va kelajakka ishonchi ifodasidir.

Navro‘z sayli esa ularni birlashtiruvchi, qalblarga iliqlik ulashuvchi muhim maskanga aylandi.

Bu kabi tadbirlar nafaqat bayram kayfiyatini ulashadi, milliy o‘zlik, qadriyatlar va an’analarga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlaydi.