You are currently viewing Zamonaviy yondashuvlar asosida o‘tkazilgan ochiq amaliy mashg‘ulot

Zamonaviy yondashuvlar asosida o‘tkazilgan ochiq amaliy mashg‘ulot

amaliyot

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali “Tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya” kafedrasida talabalar va mutaxassislar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ochiq amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Mashg‘ulotni filial o‘qituvchisi K.X. Sharofiddinov olib borib, “Nevrologiya, tibbiy genetika” fani doirasida “Qon-tomir kasalliklari. Ishemik va gemorragik insultlar” mavzusini keng qamrovda yoritib berdi.

Dars davomida:

Insultlarning etiologiyasi va patogenezi
Ishemik va gemorragik insultlarning o‘ziga xos farqlari
Zamonaviy diagnostika usullari
Reabilitatsiya va profilaktika choralari atroflicha muhokama qilindi. Amaliy mashg‘ulot interaktiv usullarda olib borilib, talabalar klinik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish hamda nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.