You are currently viewing Oʻzbekiston–Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari uchinchi forumi boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston–Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari uchinchi forumi boʻlib oʻtmoqda.

Tojikiston

Ayni daqiqalarda, Dushanbe shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi o’tkazilmoqda.

2026-yil 13–14-mart kunlari o’tkazilishi kutilayotgan mazkur forumda ikki mamlakatning vazirlik vakillari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari bilan bir qatorda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich ham ishtirok etmoqda.

“Oʻzbekiston va Tojikistonda oliy taʼlim va ilm-fan: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusidagi forum doirasida oliy taʼlim, ilm-fan, innovatsiyalar, akademik almashinuv va qoʻshma taʼlim dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi, shuningdek universitetlar oʻrtasida yangi hamkorlik kelishuvlari imzolanishi rejalashtirilgan.