Ayni daqiqalarda, TDTU Termiz filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba yoshlari viloyat qon quyish markazida tashkil etilgan “Birga hayotni saqlaymiz” nomli donorlik aksiyasida faol ishtirok etmoqda.
Aksiya davomida ishtirokchilar ehtiyojmand bemorlar, og‘ir jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirayotganlar, tug‘ruq jarayonidagi ayollar va turli qon kasalliklari bilan kurashayotgan insonlar hayotini saqlab qolishga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Har bir topshirilgan qon — bu kimningdir umidi, kimningdir yangi hayotga bo‘lgan imkoniyatidir.
Bunday tashabbuslar yoshlar o‘rtasida donorlik madaniyatini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va o‘zaro yordam an’analarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Filiali jamoasining faolligi esa boshqalar uchun ham ilhom manbai bo‘lib, jamiyatda ezgu ishlar zanjirini kengaytirishga turtki bo‘ladi.