Bugun TDTU Termiz filialida «Yoshlar kuni» munosabati bilan mazmunli va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuv yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga yechim topish hamda kelgusidagi rejalarni birgalikda belgilashga xizmat qildi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili X. Eshov, filial direktori F. Otamuradov hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarini erkin bayon etdilar.
Bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ayniqsa, ta’lim sifati, talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, amaliyot jarayonlari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.