2026-yil 31-mart – 3-aprel kunlari Termiz shahrida o‘tkazilgan “National AI Hackathon” hududiy bosqichi yakunlandi. Ushbu nufuzli tanlovda iqtidorli yoshlar jamoalari sun’iy intellekt (AI) asosida innovatsion yechimlar ishlab chiqib, real muammolarga zamonaviy yondashuvlar taklif etdilar.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali jamoasi ham mazkur tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Jamoamizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi bosqichlarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!