Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali tomonidan “Tibbiyot” yo‘nalishi talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “MedInnovatsiya–2026” STARTUP tanlovi bo’lib o’tdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalar, zamonaviy texnologik yechimlar va amaliy ahamiyatga ega startap loyihalar taqdim etildi.
Mazkur tanlov yoshlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli g‘oyalarni amaliyotga joriy etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.