You are currently viewing Sohibqiron merosi – yoshlar qalbida

Sohibqiron merosi – yoshlar qalbida

amir temur

TDTU Termiz filialida buyuk davlat arbobi va sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlandi.

Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan Amir Temur va Temuriylar sulolasining boy tarixi, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha ma’ruzalar qilindi.

Shundan so‘ng, talaba-yoshlar ishtirokida “Temur tuzuklari”dan ibratli parchalar o‘qilib, undagi adolat, vatanparvarlik va yuksak axloqiy tamoyillar keng targ‘ib etildi.

Tadbir so’ngida filial talabalar teatr studiyasi tomonidan Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu chiqishlar orqali talabalar tarixiy shaxs siymosini jonli va ta’sirchan tarzda ifoda etishdi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh avlodni tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.