Aql va strategiya maydoni: Direktor kubogi doirasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Talabalar ligasi tashabbusi bilan «Direktor kubogi» doirasida sportning shaxmat turi bo‘yicha talabalar o‘rtasida qiziqarli va murosasiz musobaqa tashkil etildi.
Mazkur bellashuv talabalarning mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va intellektual salohiyatini sinovdan o‘tkazish bilan birga, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.
Musobaqada ishtirokchilar har bir yurishda chuqur tahlil va puxta reja asosida harakat qilib, o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
Ushbu musobaqa talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual rivojini qo‘llab-quvvatlash hamda sport va bilim uyg‘unligini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.