Termiz shahrida o‘tkazilayotgan sport haftaligi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuhrat Abdijalilovich Boymuradov, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Jumayevich Teshayev hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori Furqat Abdukarimovich Otamuradov hamrohligida oliygohga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlar filial faoliyati bilan yaqindan tanishib, ta’lim jarayonlari va yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek, talabalar tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli startap loyihalar taqdimoti katta qiziqish bilan o‘rganildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan samimiy suhbat tashkil etildi.