You are currently viewing Xalqaro hamkorlik – yoshlar kelajagi uchun yangi imkoniyatlar

Xalqaro hamkorlik – yoshlar kelajagi uchun yangi imkoniyatlar

xalqaro

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali tomonidan xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘lida muhim qadamlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Rossiya Federatsiyasining Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturi bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda.

Kuni kecha ushbu hamkorlik doirasida nufuzli delegatsiya filialga tashrif buyurib, Xalqaro ta’lim fakulteti talabalari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Shuningdek, filialning uchinchi bosqich talabalari hamda ularning ota-onalari bilan alohida uchrashuv tashkil etildi. Unda talabalarning ta’lim jarayonini keyingi uch yil davomida Rossiya Federatsiyasining Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetida davom ettirishi masalalari muhokama qilinib, barcha savollarga atroflicha javob berildi.

Mazkur qo‘shma dastur talabalar uchun xalqaro tajriba orttirishga imkon beradi.