Ayni daqiqalarda, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari “Boysun bahori” festivalida faol ishtirok etib, Hindiston va Turkmaniston xalqining boy va rang-barang urf-odatlarini namoyish etishmoqda.
Milliy liboslar, an’anaviy raqslar va o‘ziga xos madaniyat uyg‘unligi orqali talabalar tomoshabinlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashmoqda.