TDTU Termiz filialida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida texnikum o‘quvchilariga davolash va pediatriya yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berilib, filialdagi simulyasion markaz, laboratoriyalar, axborot-resurs markazi hamda auditoriyalar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar tibbiyot sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi va ularni katta maqsadlar sari ruhlantirdi.
TDTU Termiz filialida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
- Post author:adm
- Post published:13.05.2026
- Post category:Yangiliklar
You Might Also Like
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F.Otamuradov tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari jarayonlari o‘rganildi.
Ayni kunladda Qoraqalpoq davlat universitetida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.