TDTU Termiz filialida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — filialda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim sifati hamda yoshlarga oid islohotlar bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Press-turda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanali, “Ishonch” telekanali, “Denov TV”, Surxondaryo teleradiokompaniyasi, “Surxon tongi” gazetasi, “UzaUz” internet nashri, “Ayol va zamon” gazetasi hamda boshqa OAV vakillari va faol blogerlar qatnashdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar filialdagi zamonaviy o‘quv auditoriyalari, simulyatsion markazlar, laboratoriya xonalari, axborot-resurs markazi, talabalar turar joylari va sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.