2026-yil 17–18-sentabr kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida “Sud-ekspertlik faoliyati va sud ekspertologiyasining milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi roli va ahamiyati” mavzusidagi IV Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Patologik anatomiya, sud tibbiyoti va tibbiy huquq kafedrasi mudiri Babajanova Shoira O‘tkurovna ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida sud-ekspertlik faoliyatini takomillashtirish, sud ekspertologiyasining zamonaviy yo‘nalishlari hamda sohadagi ilmiy-amaliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Xalqaro ilmiy anjumandagi ishtirok filialning ilmiy salohiyatini xalqaro miqyosda namoyon etish, tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.