Telefon raqam:

Email:

1.O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, direktor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda  bajarilishini  ta’minlash  va  monitoringini olib borish;
2.O‘quv muassasasi bilan klinik bazalar, xususiy klinikalar va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish.
3.Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
4.Bo‘lim faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
5.O‘zining xizmat vazifalarini  vijdonan  bajarish;
6.Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
7.Muassasaning mol-mulkini avaylash va undan oqilona foydalanish;
8.Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
9.Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
10.Bo‘limning kirim va chiqim hujjatlarini rasmiylashtirish;
11.Ish faoliyatida zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim  darajada  bilishi.
12.Filialda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

Bilishi kerak:
O‘z  faoliyatiga  taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar  va me’yoriy  hujjatlarni, filialning   ichki  tartib-qoidalari,  me’yoriy hujjatlarini  bilish.

Malaka talablari:
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishi, madaniyatli, ijodiy  qobiliyatlar,  xushmuomalalik  va  tashabbuskorlik  qobiliyatlariga  ega bo‘lish, mas’uliyat  hissi, mustaqil  qaror  qabul  qilish  va  ish  tutish, qat’iy  harakat  qilish, muassasa  strategik  maqsadlariga   erishishni ta’minlash  xususiyatlariga  ega  bo‘lishi;
Oliy  ma’lumotga   ega   bo‘lishi  zarur;
O‘z  sohasiga tegishli  masalalar  bo‘yicha  axborot  va  ma’lumotlardan xabardor  bo‘lishi  zarur.

Professorlar
0
Dosentlar
0
O'qituvchilar
0
Talabalar
0

Klinik o'quv bazalar bo'limi boshlig'i