19 / 100 SEO Score

Xirurgik kasalliklar va oilaviy shifokorlikda xirurgiya tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali markaziy uslubiy  kengashining   2022-yil 31-avgustdagi majlisida muxokama qilinib, (1-sonli  bayonnoma) yo‘riqnoma asosida tashkil topgan.
“Xirurgik kasalliklar va UASh xirurgiya” kafedrasi Toshkent tibbiyot  akademiyasi  Termiz  filiali 1-son davolash fakultetining tarkibiy bo‘linmasi  bo‘lib, unda  “Xirurgik kasalliklar”, “Xirurgik kasalliklar”, “Xirurgik kasalliklar, fakultativ xirurgiya” fanlari bo‘yicha  o‘quv- uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlari shuningdek,  ilmiy  va  ilmiy  pedogogik  kadrlar  tayyorlash,  malakasini  oshirish va qayta  tayyorlash  hamda  tashkiliy,  ma’naviy-marifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Kafedra bevosita fakultet dekaniga va Toshkent tibbiyot akademyasi Termiz filiali direktoriga bo‘ysinadi.   Kafedra Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Ilmiy kengashining qarori asosida direktorning  buyrug‘i  bilan tashkil etiladi va tugatiladi. Kafedra tarkibi filial o‘quv bo‘limi  tomonidan tasdiqlanadigan ishchi o‘quv dasturida belgilangan fanlar o‘quv yuklamalari hisobidan   shtat  me’yorlari asosida  shakllantiriladi.

Amaliy mashg‘ulotlar;
Labaratoriyalar va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak  nazariy,  ilmiy, uslubiy, va  kasbiy  darajada  o‘tkazish;
Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyixalariga, bitiruv malakaviy ishlariga,  magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik  qilish, talabalar  bilimini  baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarini  tashkil etish  bo‘yicha   tadbirlar  o‘tkazish;
Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim  etish,  shuningdek,  turdosh  kafedralar   tomonidan  tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;
Darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy va  metodik  ko‘rsatmalarni  tayyorlash;
Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va  tanlovlarda    ishtirok   etishga   tayyorlash;
Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim  dasturlari  bilan   qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
Belgilangan tartibda professor- o‘qituvchilarning   malakasini  oshirishni   tashkil etish hamda ularning Respublika va Xalqaro ilmiy anjumanlarda    ma’ruzalar bilan  ishtirok etishni  taminlash;
Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokamadan o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish ta’lim fan  va   ishlab chiqarishning   samarali integratsiyasini ta’minlash, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga   rahbarlik  qilish;
Toshkent tibbiyot akademyasi Termiz filiali bitiruvchilari  va  mazkur  kafedrada   stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilikni   o‘taganlar   monitoringini    olib  borish   hamda ular  bilan  muntazam  aloqalarni   tashkil   etish vazifalarini bajaradi.  

Facebook
Telegram
0
0

«Xirurgik kasalliklar va oilaviy shifokorlikda xirurgiya» kafedrasining  ma’naviy-ma’rifiy ishlari

Kafedra jamoasi

Kafedra mudiri

Rustam Madiyev Zoirovich
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent

Assistent

Xayitov Abduxoliq Qurbonovich
Assistent

Assistent

Xonov Sadriddin Shoxo'jayevich
Assistent