14 / 100 SEO Score

Patologik anatomiya, sud tibbiyoti, tibbiyot huquqi kafedrasi tarixi

“Patologik anatomiya, sud tibbiyoti, tibbiyot huquqi” kafedrasi 2022-yil 05-sentabrda tashkil topgan. Patologik anatomiya, sud tibbiyoti, tibbiyot huquqi kafedrasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 1-son davolash fakultetining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, unda patologik anatomiya, bioetika, sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi fanlari bo‘yicha o‘quv- uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlari shuningdek ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Kafedra tarkibi filial o‘quv bo‘limi tomonidan tasdiqlanadigan ishchi o‘quv dasturida belgilangan fanlar o‘quv yuklamalari hisobidan shtat meʼyorlari asosida shakllantiriladi.
Kafedra barcha o‘quv shakllari bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining DTS (Davlat taʼalim standart)lariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarida belgilangan:
Amaliy mashg‘ulotlar;
Laboratoriyalar va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
Talabalarning Malakaviyamaliyotiga, kurs loyihalariga, bitiruv Malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish, talabalar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;
Darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy va metodik ko‘rsatmalarni tayyorlash;
Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash;
Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yichaDTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning taʼlim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
Belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish hamda ularning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalarbilan ishtirok etishni taʼminlash;
Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokamadan o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish talim fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlash, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bitiruvchilari va mazkur kafedrada stajor-tadqiqotchi-izlanuvchani o‘taganlar monitoringini olib borish hamda ular bilan muntazam aloqalarni tashkil etish vazifalarini bajaradi.

Facebook
Telegram

Patologik anatomiyasi, sud tibbiyoti huquqi  kafedrasining  ma’naviy-ma’rifiy ishlari

Kafedra jamoasi

Shoira

Kafedra mudiri

Babadjanova Shoira Utkurovna
Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent

Nilufar

Assistent

Ashurova Nilufar Dilshodbekovna
Assistent

Narzullo

Assistent

Sagdullaev Narzullo Norkeldi o’gli
Assistent

xurshid

Assistent

Azimov Xurshid
Assistent

Ahmad

Assistent

Abdullayev Ahmad
Assistent

Hozirda kafedrada faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar ilmiy daraja olish uchun quyidagi ilmiy ishlar bilan shug‘ullanmoqda:


  1. Sag‘dullaev Narzulla Norkeldi o‘g‘li – 14.00.24 Bolalarda to‘mtoq predmetlar ta’siridan bosh tuzilmalari jaroxatlanishlarining o‘ziga xos jihatlarini sud tibbiy baholash.
  2. Kurmasheva Jamila Kamilovna- 14.00.24 O‘zbek populyasiyasidagi qizaloq va o‘smir qizlarida qizlik parda morfologiyasi va uning yirtilishlari bitishi dinamikasi.Xolmatova Karomat Iskandarovna – 14.00.24 Ashyoviy dalillarda sperma mavjudligini aniqlashning sud tibbiy jihatlari
  3. Аshurova Nilufar Dilshodbekovna – 00.24 Turli muddatli aralash doglarda qon va sperma tekshirishlarini takomillashtirish
  4. Qahharov Navro‘zbek Ziyoqulovich – 00.15“Gerbitsidlar bilan zaharlanishda taloq va qon tizimining patomorfologik o‘zgarishlari”.