Umumiy xirurgiya, bolalar xirurgiyasi, urologiya va bolalar urologiyasi kafedrasi tarixi
“Umumiy va bolalar xirurgiyasi” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali markaziy uslubiy kengashining 2021-yil 28-avgustdagi majlisida muhokama qilinib, (1-sonli bayonnoma) yo‘riqnoma asosida tashkil topgan.
U 2022 yil 5-sentabrda “Umumiy xirurgiya, bolalar xirurgiyasi,urologiya va bolalar urologiyasi” kafedrasi nomi bilan qayta tashkil topdi. Umumiy xirurgiya, bolalar xirurgiyasi, urologiya va bolalar urologiyasi kafedrasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali davolash fakultetining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, ambulatory-poliklinik pediatriya fanlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari shuningdek ilmiy va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
«Umumiy xirurgiya, bolalar xirurgiyasi, urologiya va bolalar urologiyasi» kafedrasining ma’naviy-ma’rifiy ishlari





