Davlat va jamiyat hayotining asosiy tamoyillarini belgilab beruvchi, inson huquq va erkinliklarining huquqiy kafolati vazifasini o‘tovchi Konstitutsiya – nafaqat davlatchilikning muhim ramzi, balki har bir xalqning milliy g‘ururi va o‘z-o‘zini hurmat qilishining huquqiy timsoli hamdir.
Bu yil Asosiy qonunimizning 30 yilligi tantanalari konstitutsiyaviy islohot jarayonlari bilan uyg‘unlik va hamohanglik kasb etmoqda
TTATF tyutor va talabalari o‘rtasida “Qomusimiz – erkin, farovon hayotimiz kafolati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida talaba – yoshlarga Konstitutsiya tarixi, qonun hamisha insonlar hayotida muhim o‘rin egallashi haqida tushuncha berildi.


