You are currently viewing Innovatsion g‘oyalari tanlovi

Innovatsion g‘oyalari tanlovi

    Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarining ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida 2022 yil 6-7 dekabr kunlari Termiz davlat universitetida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Surxon Sanoat Qurilish” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Talaba-yoshlar ilmiy ishlari va innovatsion g‘oyalari” tanlovi o‘tkazildi.
    Tanlovda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talaba – yoshlari faol ishtirok etishdi.
    Filial talabasi Zarina O‘razova 2- o‘rinni egallab 3 mln so‘mni qo‘lga kiritdi.
   Bundan tashqari 6 nafar talabа – yoshlar diplom hamda besh yuz ming so‘m pul yutug‘i bilan taqdirlanishdi.