Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori Furqat Otamuradov boshchiligida 2022- yil navbatdagi sarhisob ilmiy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Kengashning navbatdagi yig‘ilishida muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy unvon hamda ilmiy daraja olgan o‘qituvchilar taqdirlanishdi.
Bundan tashqari Kengashda so’z olganlar yakunlanayotgan 2022- yilda muammo va kamchiliklar hamda erishgan yutuqlar xususida batafsil aytib o’tishdi.
Ayniqsa, ilmiy soha filial reytingining muhim jihati ekanligini alohida taʻkidlashdi.
Shuningdek ilmiy izlanishdagi o’qituvchilarni ko’paytirish borasida bir qancha chora – tadbirlar ishlab chiqish kerakligi to’g’risida fikr almashishdi.