Shu kunlarda har birimiz o’z hayotimizda o’chmas iz qoldirgan 2022-yil bilan xayrlashib, ezgu qadamlar bilan kirib kelayotgan 2023-yilni ko’tarinki kayfiyat va yaxshi niyatlar bilan qarshi olmoqdamiz.
Fursatdan foydalanib, filial jamoasini ushbu qutlug’ ayyom – kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Darhaqiqat, barchamiz o’z yakuniga yetayotgan 2022- yilni zo’r quvonch hamda ezgu ta’surotlar bilan kuzatar ekanmiz, bu yil jamoamiz uchun nihoyatda omadli kelganini alohida takidlamoqchiman. Bir qator o’qituvchilarimiz ilm sohasida yutuqqa erishgan bo’lsa, qanchadan – qancha talaba-yoshlarimiz sportda, bilimda o’z iqtidorlarini namoyon etib bizni quvontirdi. Buning zamirida professor – o’qituvchilar, doktorlar, fan nomzodlari, o’qituvchilarimizning ulkan xizmatlari mujassamligini mamnuniyat bilan eʻtirof etaman.
Shuni alohida taʻkidlash lozimki, ulkan yutuqlarga boy bo’lgan 2022 – yilda filialimiz o’ziga xos o’ringa ega bo’ldi. Xabaringiz bor davlatimiz rahbari 2023-yilni “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qildi.
Taʻlim sohasida yangi yilda ham ulkan ezgu ishlarni birgalikda davom ettiramiz. Fursatdan foydalanib, yana bir bor barchangizni kirib kelayotgan Yangi – 2023-yil bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman.
Sizlarga mustahkam sog’lik-salomatlik, oilaviy baxt- saodat, Vatanimiz ravnaqi yo’lidagi masʻuliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi yilda xonadoningizdan cheksiz quvonch, fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin!
Yangi yilingiz muborak bo’lsin!
Hurmat bilan, Toshkent tibbiyot akademiyasi
Termiz filiali direktori Furqat Otamuradov