Mohiyatan, sport salomatlik garovi ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz.
Shu bois, O’zbekistonda sport bilan shug’ullanish ommaviy tus olmoqda.
Xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, salomatligini yaxshilash, shuningdek, ular o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish, jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 2022-2023 o‘quv yili 5 muhim tashabbus doirasida filial xotin qizlari o’rtasida voleybol musobaqasi tashkil qilindi.
Filial kasaba uyushmasi tashabbusi bilan boshlangan musobaqa hali davom etadi.