You are currently viewing Kuni kecha Toshkent  tibbiyot  akademiyasi  Termiz  filiali direktori Furqat Otamuradov boshchiligidagi  delegatsiya Turkiya Respublikasining Izmir shahrida joylashgan  Ege universitetiga tashrif  buyurishdi.

Kuni kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori Furqat Otamuradov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasining Izmir shahrida joylashgan Ege universitetiga tashrif buyurishdi.

   Tashrifdan ko’zlangan maqsad oliy taʻlim muassasalari o’rtasida ilmiy-amaliy, o’quv-uslubiy hamda xalqaro aloqalarni yanada kengaytirishdir.

   Uchrashuv davomida Ege universiteti fakultet dekani professor Djemil Gurgun, dekan o’rinbosarlari, professorlar Ryuchan Sertoz va Sibel Goksellar hamda O’zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

   Shuningdek, Ege universiteti professor-o’qituvchilari filialga tashrif buyurib, ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va master-klass o’tib berishlari bo’yicha kelishib olindi.

   P.s. Ege universiteti dunyoning eng nufuzli top 1000 talik universitetlar qatoriga kiradi.