You are currently viewing 🔰Xabaringiz bor,  Toshkent  tibbiyot  akademiyasi  Termiz  filiali direktori Furqat Otamuradov boshchiligidagi  delegatsiya Turkiya Respublikasining Izmir shahrida joylashgan  Ege universitetida rasmiy  tashrif  bilan  muzokaralar  olib  bormoqda.

🔰Xabaringiz bor, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori Furqat Otamuradov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasining Izmir shahrida joylashgan Ege universitetida rasmiy tashrif bilan muzokaralar olib bormoqda.

  Delegatsiya a’zolarining navbatdagi uchrashuvi Ege universitetining stomatоlogiya fakultetida bo’ldi. Unda fakultet dekan hamda dekan o’rinbosarlari iliq kutib olishdi.

    Tashrif chog’ida o’quv jarayoni, bevosita stajirovka o’tayotgan talabalar mashg’uloti bilan yaqindan tanishishdi.

   Universitet talabalarining o’zi ham bemorlarni davolash huquqiga ega ekanligi tashrif buyuruvchilarda qiziqish uyg’otdi.

   Jarayonlar hali davom etmoqda.