Ayni vaqtda 18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i kuni» munosabati bilan Termiz shahridagi «Surxon» sport majmuasidan «Bolajon» bog‘ida joylashgan katta bayroqgacha bo‘lgan 3 km masofada «Yangi nafas» yugurish sport musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Ushbu sport musobaqasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali «Qalqon» volontyorlar jamoasi a’zolari ham faol ishtirok etishmoqda.