Seminarda TTATF professor – o`qituvchilari hamda talaba- yoshlar ishtirok etishdi.
O`tkazilgan seminarda so`z olganlar Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasida qilingan shart – sharoitlar, o`qish tartibi, unda olib borilayotgan ishlar hamda ta’lim jarayonida xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg`or pedagogik va innovasion tibbiyot texnologiyalar keng joriy etilganligi haqida to`xtalib o`tishdi.
Bundan tashqari tashrif buyuruvchilar beshinchi kurs talabalarini Harbiy tibbiyot akademiyasiga o`qishga taklif etishdi.
Ham shifokorlik, ham harbiylik kasbini sidqidildan bajarish imkoniyati borligi talaba – yoshlarda qiziqish uyg`otdi.