You are currently viewing Psixologik treninglar

Psixologik treninglar

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalar turar joyida “Sen bir dunyosan» nomli psixologik trening o‘tkazildi.

   Filial psixologi tomonidan o‘tkazilgan treningda xotin qizlar maslahat kengashi raisi, dekan o‘rinbosarlari, tarbiyachi pedagog hamda talaba qizlar ishtirok etishdi.

   Talabalar uchun tashkil etilayotgan trening mashqlar ularning aqlan va ruhan tetikligiga sabab bo‘ladi. Intellektual salohiyatini takomillashtiradi.

   Psixologik trening talabalarga yoqqani sabab bunday treninglarni muntazam o‘tkazib turilishini maqsadga muvofiq deb bilishdi.