Avval xabar berganimizdek, TTA Termiz filiali direktor o‘rinbosari X.Rasulova Avstriyaning Zaltsburg shahrida “Sog’liqni saqlashda iqtisodiy baholash”...
Read MoreXorijda malaka oshirish va ta’lim
2025-yilning 6-yanvardan 11-yanvargacha “Farmakologiya va klinik farmakologiya” kafedrasi assistenti Eshdavlatova Dilfuza hamda “Ichki kasalliklar, XDT, Gematologiya va Oilaviy shifokorlikda terapiya” kafedrasi assistenti Shermatov Bekzod Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon universitetining Toshkent filialiga xalq tabobati bo‘yicha malaka oshirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon universitetining Toshkent filialiga tashrif buyurishdi.
2025-yilning 24-yanvardan 30-yanvargacha “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasi mudiri t.f.d, dotsent Ahmedov Kamoliddin Hakimovich Qozog‘iston Respublikasining Xalqaro Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi qozoq-turk universitetiga akademik mobillik doirasida tashkil etilgan malaka oshirish dasturiga hamda hamkorlik memorandumi imzolash maqsadida tashrif buyurdi.
2025-yilning 24-yanvardan 5-fevraligacha “Ichki kasalliklar, XDT, Gematologiya va Oilaviy shifokorlikda terapiya” kafedrasi assistenti Umbarov Muhriddin Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetiga “Ambulator kardiologiya: diagnostika va davolashning amaliy jihatlari” mavzusida o‘quv va amaliy kursi, akademik mobillik doirasida tashkil etilgan malaka oshirish dasturi bo‘yicha Moskva shahriga tashrif buyurdi.
2025-yilning 5-fevralidan 6-fevraligacha Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya Xalqaro jamoat tashkilotiga “Oldini olish mumkin bo‘lgan infeksiyalar: diagnostika, davolash va oldini olish” nomli xalqaro ishtirokdagi Rossiya ilmiy-amaliy konferensiyasida «Komorbid postherpetik trigeminal nevralgiyaning klinik xususiyatlari» plakat taqdimotini taqdim etish maqsadida “Ichki kasalliklar, XDT, Gematologiya va Oilaviy shifokorlikda terapiya” kafedrasi assistenti Rasulova Rayhon Pardayevna Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurdi.
2025-yilning 20-fevralidan 25-fevraligacha Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rasulova Xurshidaxon Abdubo‘riyevna va To‘rayev Jamshidjon Hindiston Respublikasi New Delhi shahrida bo‘lib o‘tgan 15- Osiyo va Okeaniya Epilepsiya Kongressida ishtirok etdilar.
2025-yilning 16-martidan 22-martigacha Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rasulova Xurshidaxon Abdubo‘riyevna Avstraniyaning Salzburg shahri Ochiq tibbiyot universitetiga «Psixiatriya» seminarida ishtirok etish maqsadida Salzburg shahriga tashrif buyurdi.
2025-yilning 6-aprelidan 12-apreligacha “Ichki kasalliklar, propedevtikasi, reabitologiya, xalq tabobati va endokrinologiya” kafedrasi assistenti Abduraimov Musurmonbek hamda “Farmakologiya va klinik farmakologiya” kafedrasi assistenti Amonova Zulayho Shinjon universitetining Toshkent filiali bilan xalqaro xamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida talabalarni qisqa muddatli o‘quv kurslariga yuborish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon universitetining Toshkent filialiga tashrif buyurishdi.
2025-yilning 15-aprelidan 20-apreligacha “Tibbiy va biologik kimyo” kafedrasi mudiri Muzaffarova Nazokat Sharabovna , “Tibbiy va biologik kimyo” kafedrasi assistenti Boltayeva Surayyo Jo‘ra qizi, “Tibbiy biologiya va gistologiya fanlar kafedrasi” assistenti Sharipova Farida Salimjanovna hamda Qo‘shma ta’lim dasturi fakultet dekani Narzullayev Gulchehra Qudratovna Qozog‘iston Respublikasi Al Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetiga Al Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy Universitetida xamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida akademik mobillik sifatida tashrif buyurishdi.
2025-yilning 25-aprelidan 26-apreligacha “Tibbiy biologiya va gistologiya fanlar kafedrasi” dotsenti Ashurov Abdushukur To‘xtaliyevich hamda Sagdullayev N.N Tojikiston Respublikasi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universitetiga Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat tibbiyot universitetida “Tibbiyot ta’limi va fanida intellektual texnologiyalar: innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi yosh olimlar va talabalarning xalqaro ishtirokidagi XX ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish maqsadida Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurishdi.
2025-yilning 25-aprel sanasida “Xirurgik kasalliklar va Oilaviy shifokorlikda xirurgiya kafedrasi” assistenti Boboqulov Hakim Hikmat o‘g‘li Qozog‘iston Respublikasi milliy muzeyiga “Fan yoshlar nigohida” ilmiy-xalqaro konferensiyasida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.
2025-yilning 25-aprel sanasida “Otorinolatingologiya, oftalmologiya, onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi” professori Rossiya Federatsiyasining Bashkir davlat tibbiyot universitetiga “XIII Butunrossiya ilmiy va amaliy oftalmologik konferensiyasi”da ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.
2025-yilning 12-13-may sanalarida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rasulova Xurshidaxon Abdubo‘riyevna xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon universitetiga tashrif buyurdi.
2025-yilning 15-20-iyun sanalarida “Otorinolatingologiya, oftalmologiya, onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi” assistenti Jo‘rayeva Gulbahor Alisherovna Rossiya Federatsiyasining Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetiga “Nashr qilish uchun yaxshi maqolalar yozish” nomli yozgi ta’lim dasturiga yuborildi.
2025-yilning 27-28-iyun sanalarida “Patologik anatomiya, sud tibbiyoti, tibbiyot huquqi kafedrasi” mudiri Babadjonova Shoira Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat universitetiga «Jinoyat-protsessual va sud ekspertizasi ilmiy maktabi ,FAN, HUQUQ, AMALIYOT » 18-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.
2025-yilning 4-17-avgust sanalarida “Normal va patologik fiziologiya kafedrasi” assistenti, PhD Ergashev Mansur Tailandning Mahasarakham universitetiga o‘quv kursida qatnashish hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashrif buyurdi.
2025-yilning 9-13-sentabr sanalarida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rasulova Xurshidaxon Abdubo‘riyevna Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon universitetiga “Yaxshi kelajak uchun kasallik va salomatlik bo‘yicha hamkorlikda barcha kuchlar bilan birlashing” mavzusidagi konferensiyasida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.
2025-yilning 29-sentabridan 4-oktabrigacha “Tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasi” assistenti Sharofiddinov Kamoliddin Rossiya Federatsiya Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetiga “Amblator nevrologiya Somnologiya” mavzusidagi qisqa muddatli o‘quv kursiga yuborildi.
2025-yilning 13-15-oktabr sanalarida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich hamda Registrator offisi bo‘limi boshlig‘i Sharipov Abror Xitoy Xalq Respublikasi Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” an’anaviy tibbiyot forumida ishtirok etdilar.
2025-yilning 16-noyabrdan 28-noyabrgacha “Travmatologiya ortapediya, XDJ, neyrojarrohlik, anesteziologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi” assistentlari Boboyorov Sardor va Rozzoqov Dilmurodlar Rossiya Federatsiyasi Federal Neyroxirurgiya markaziga 3-sonli neyroxirurgiya bo‘limida (qon tomir) ish joyida o‘qitish kursini tamomlash maqsadida yuborildi.
2025-yilning 23-noyabrdan 27-noyabrgacha Bolalar kasalliklari propedevtikasi, bolalar kasalliklari va oilaviy shifokorlikda pediatriya kafedrasi assistenti Norqobilov Abdusamad Jumayevich Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridagi “Konventus” markaziga Tibbiyot muassasalari rahbarlari va mutaxassislari uchun «TIBBIY TASHKILOTLARNI BOSHQARISHNING AKUTAL MASALLARI» 8-yillik Butunrossiya konferensiyasida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.
2025-yilning 14-15-noyabr sanalarida “Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi” assistenti Abdullayev Javohir Odiljon o‘g‘li Rossiya Federatsiyasi E.A.Vagner nomidagi Perm davlat tibbiyot universitetiga “Jarrohlik bo’yicha rezidentlar va talabalarning Butunrossiya olimpiadasida” talabalarni ishtirokini ta’minlash maqsadida tashrif buyurdi.
2025-yilning 24-28-noyabr sanalarida “O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi” mudiri, dotsent Berdiyeva Zebo Uralovna Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetiga ma’ruza va dars mashg‘ulotlari olib borish maqsadida tashrif buyurdi.
2025-yilning 1-6-dekabr sanalarida “Patologik anatomiya, sud tibbiyoti, tibbiyot huquqi kafedrasi” mudiri Babadjonova Shoira Rossiya Federatsiyasi Rossiya uzluksiz kasbiy ta’lim akademiyasiga Tibbiyot anatomiyasi patologik diagnostika dasturi bo‘yicha malaka oshirish maqsadida tashrif buyurdi.
2025-yilning 1-5-dekabr sanalarida “Ichki kasalliklar, propedevtikasi, reabitologiya, xalq tabobati va endokrinologiya kafedrasi ” assistentlari Bozorov Umid, Abduraimov Musurmonbek hamda “Yuqumlik kasalliklar, dermatovenerologiya, fiziatriya va pulmonologiya kafedrasi” assistentlari Toxaev Ahror, Shaymardanov Qodiralilar Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon universitetining Toshkent filialiga Xalq tabobati bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish dasturi yuzasidan tashrif buyurishdilar.
2025-yilning 1-6-dekabr sanalarida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi” assistentlari Sharipov Abror, Choriyev Nuriddin hamda “Akusherlik va ginekologiya va Oilvaiy shifokorlikda ginekologiya kafedrasi” mudirasi Hurmatova Dilorom hamda assistenti Radjabov Hasan Qozog‘iston Respublikasining Al Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetiga mutaxassisliklari bo‘yicha malaka oshirish maqsadida yuborildilar.
2025-yilning 8-13-dekabr sanalarida “Ichki kasalliklar, xarbiy dala terapiyasi, pulmonoligiya, gematologiya va Oilaviy shifokorlikda terapiya kafedrasi” assistentlari Ubaydullayev Abbosxo‘ja, Ro‘ziqulov Azamat hamda “Travmatologiya ortapediya, XDJ, neyrojarrohlik, anesteziologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi” assistenti Shermatov Ulug‘beklar Turkiyaning Ataturk universitetiga mutaxassisliklari bo‘yicha malaka oshirish maqsadida tashrif buyurdilar .
9 / 100 Powered by Rank Math SEO SEO Score Avval xabar berganimizdek Toshkent tibbiyot akademiyasi...
Read MoreAyni paytda Toshkent tibbiyot akademyasi Termiz filiali iqtidorli talabalari Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi Rossiya Xalqlar do‘stligi...
Read MoreTTA Termiz filialiga Giz loyihasining “Termiz shahridagi tibbiy ta’lim va malaka oshirish modernizatsiya qilish” loyihasi rahbari...
Read MoreKuni kecha, TTA Termiz filiali patologik fiziologiya kafedrasi mudiri t.f.n dotsent K.H.Ahmedov, kafedra assistenti PhD M.A.Ergashev...
Read MoreTTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlarining Turkiyaning Izmir shahridagi EGE universitetida yozgi amaliyot o‘tash jarayonlari...
Read MoreTurkiyaning Izmir shahridagi EGE universitetida tibbiy amaliyot o‘tayotgan TTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlari tez...
Read MoreXabaringiz bor, TTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilari hamda talabalari akademik mobillik doirasida Turkiya mamlakatining EGE universitetida tibbiy...
Read More